Hozirgi zamonda yadroviy qurol yaratish murakkab ish emas. Bugungi Ukraina bunga qodirmi-yo‘qmi ayta olmayman, lekin bu xavfli provokatsiya. Ushbu yo‘nalishda ular tomonidan qo‘yilgan har qanday qadamga mos ravishda javob qaytariladi.
Ukraina rahbariyati jangovar harakatlar boshlanmasidan oldin ham bunday fikrlarni bildirgan edi. Yumshoqroq ko‘rinishda, bo‘lsa ham lekin ular Ukraina yadro quroliga ega bo‘lishi kerakligini aytishgan edi. Bunday tahdid o‘ziga yarasha javob oladi, aniq aytishim mumkin — Rossiya bunga hech qachon yo‘l qo‘ymaydi, dedi Putin.
Kecha Moskvada Vladimir Putinning BRIKSga aʼzo mamlakatlarning yetakchi OAVlari vakillari bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Yadroviy qurol haqidagi savolni “Rossiya Segodnya” axborot agentligi bosh direktori Dmitriy Kiselyov so‘radi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!