FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, bugun 19-oktyabr kuni O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan 01:32 da zilzila sodir bo‘ldi.
Epitsentr: Toshkent viloyat, O‘rtachirchiq tumani. Zilzila koordinatalari: 41,03 gradus shimoliy kenglik; 69,39 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,6. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 30 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
Nurafshon shahrida 2 ball, 4 km. O‘rta Chirchiq tumanida 2 ball, 8 km.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!