Buxoroda AI-80 benzinni asossiz sotmasdan saqlab turgan AYOQSHga chora ko‘rildi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan neft mahsulotlarini yetkazib berish va ularni sotuvga chiqarilishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida bir qator AYOQSHlarda qoidabuzarliklar aniqlandi.
Xususan, Buxoro tumani “Shergiron” MFYda joylashgan “E.N.M.” MCHJga qarashli AYOQSH o‘rganilganda joriy yilning oktyabr oyi boshida faoliyati to‘xtatilganligiga qaramasdan, 10-, 16-, 18-oktyabr kunlari davomida jami 11,3 tonna AI-80 rusumli avtobenzin birja orqali xarid qilinib, shoxobchaga tushirilmasdan xaridorlarga sotilmaganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQSHlarda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!