Jahon, Siyosat

Bugun Moldovada prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda

Bugun Moldovada prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda

Bugun Moldovada prezident saylovi va respublikaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi borasida aholi fikrini o‘rganish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tmoqda. 

Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 07:00 dan 21:00 gacha ochiq.

Moldova va undan tashqarida 2221 ta uchastka ochilgan. Xorijda – 234 ta, shundan 2 tasi Rossiyada.

Moldova Markaziy saylov komissiyasi mamlakat prezidentligiga 11 nafar nomzodni ro‘yxatga olgan.