Madaniyat

«Matonat» hujjatli filmi: tomoshabin nimadan ko‘proq ta’sirlandi?

«Matonat» hujjatli filmi: tomoshabin nimadan ko‘proq ta’sirlandi?

O‘zbekiston Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Imkon” ijtimoiy-huquqiy loyihasi orqali “Kambag‘allikdan farovonlik sari” tamoyili asosida kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan va nogironligi bo‘lgan fuqarolarga huquqiy va moliyaviy amaliy ko‘mak berish orqali ularning o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga erishish maqsad qilingan.

Bunda fuqarolarning o‘zi qiziqqan sohasiga mutaxassislar tomonidan o‘qitilib, malaka va qobiliyatini oshirish, ularning dunyoqarashini o‘zgartirish va kunlik daromadini oshirish orqali farovonlikka erishishi ta’minlanadi.

Matonat filmining bosh qahramoni – Surxondaryo viloyati Denov tumanidan Dilorom Yuldasheva ana shunday hikoyalardan birining qahramoni bo‘ldi.

Tomoshabinlar fikricha, film shunchaki hayot xronikasi emas, balki qiyinchiliklarni yengib o‘tish va ruhiy kuchning chuqur, shaxsiy qissasidir.

Filmning to‘lig‘ini loyihaning YouTube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.