O‘zbekiston Afg‘oniston muvaqqat hukumati bilan yuk tashuvchilardan undiriladigan yig‘imlar miqdorini kamaytirish bo‘yicha kelishuv imzoladi.
O‘zbekiston Transport vazirligining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan yuk mashinasidan Afg‘oniston hududiga kirish uchun olinadigan yig‘im 3,5 ming afg‘oniygacha (taxminan 53 dollar) pasaytiriladi. Hozirgacha bu 5 ming afg‘oniy (76 dollar) atrofida edi.
Bundan tashqari, Amudaryo orqali o‘tuvchi “Do‘stlik” ko‘prigida yo‘l haqi 12 ming afg‘oniy (182 dollar)dan 7 ming afg‘oniy (106 dollar)ga tushiriladi.
Shu tariqa, Afg‘onistonga yuk olib o‘tayotgan yoki tranzit orqali o‘tayotgan o‘zbekistonlik yuk mashinalari haydovchilari jami 6,5 ming afg‘oniy (99 dollar)ni tejaydi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!