Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim hujjatlarga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi.
Bolalarga nisbatan oilaviy (maishiy) zoʻravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi.
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-978-son, 21.10.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi.
Qonunga koʻra, Jinoyat kodeksiga va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga bolalarga nisbatan oilaviy zoʻravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga oilaviy (maishiy) zoʻravonlik bilan bogʻliq ishlar yuzasidan yarashuv toʻgʻrisidagi ariza faqat sud muhokamasi bosqichida berilishi mumkinligi belgilanmoqda.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!