Hodisa, Jinoyat

Farg‘onada yth oqibatida ikki kishi vafot etdi

Farg‘onada yth oqibatida ikki kishi vafot etdi

Farg‘ona viloyati Furqat tumanida Cobalt va Damas ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida ikki kishi vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa tumandagi avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Cobalt haydovchisi atrofni tuman qoplagan bo‘lishiga qaramay, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan.

Bu vaqtda ro‘paradan kelayotgan Damas uni payqamay qolgani ortidan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda Damas haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgan. Mashina ichida bo‘lgan haydovchining turmush o‘rtog‘i esa shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Cobalt haydovchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan ish ochilgan.

Sud hukmiga ko‘ra, fuqaro 3 yil muddatga haydovchilik huquqidan mahrum qilinib, 3 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Sudlanuvchi sud zalidan qamoqqa olingan. Unga tayinlangan jazoni manzil-tartibli koloniyada o‘tash belgilangan.