Parijda YUNESKO ijroiya kengashining 220-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda «Beruniy nomidagi YUNESKO–O‘zbekiston mukofoti»ni taʼsis etish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.
Mukofot ikki yilda bir marotaba sunʼiy idrok sohasida odob-axloq va inklyuzivlikni rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi eng yaxshi loyihalarga beriladi.
Maʼlumot uchun, ilk taqdirlash marosimi 2025-yilning noyabr oyida Samarqand shahrida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!