Tadbir doirasida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, birlashmaning Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusef, “Sberbank” prezidenti va boshqaruvi raisi German Gref va Tatariston raisi Rustam Minnixanovlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev sammitda ishtirok etayotgan delegatsiyalar rahbarlarini qutlash marosimida qatnashdi, O‘zbekiston prezidentini Rossiya prezidenti V.Putin kutib oldi.
Bundan tashqari Xitoy raisi Si Szinpin va Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan suhbatlar o‘tkazildi.
Bugun «BRIKS plyus» formatidagi sammitning asosiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!