Siyosat

Sergey Lavrov 28-29-oktyabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Sergey Lavrov 28-29-oktyabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova brifingda ma’lum qildi.

Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, 28-29-oktyabr kunlari Rossiya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga ishchi tashrif bilan keladi.

Rejaga muvofiq, vazir prezident tomonidan qabul qilinishi va mamlakat tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda.