Hodisa, Jahon

Norvegiyada yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi

Norvegiyada yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi

Norvegiyada poyezdning relsdan chiqib ketishi oqibatida kamida bir kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi og‘ir jarohatlandi.

Bu haqda Dagbladet gazetasi Nurlann viloyati politsiyasi shtabi rahbari Bent Eylertsenga tayanib xabar berdi.

Avvalroq VG gazetasi Norvegiyada yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketgani, yengil jarohatlar borligi haqida xabar bergan edi. Nashr yo‘lovchilar evakuatsiya qilinayotganini yozgan. Nurlann viloyati politsiyasi vakili Kennet Lauritsenning aytishicha, poyezdning relsdan chiqib ketishiga tog‘dagi o‘pirilish sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

“Biz uch kishini shifoxonaga, bir kishini navbatchi tibbiy yordam xizmatiga olib bordik, bir kishi vafot etdi”, deya Eylertsen so‘zlaridan iqtibos keltiradi gazeta.

Viloyat politsiyasi boshlig‘ining aytishicha, qolgan jabrlanganlar yengil jarohat olgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda poyezd bilan bog‘liq vaziyat nazorat ostida, yo‘lovchilar Mu-i-Rana shahridagi evakuatsiya markazlariga olib ketilmoqda. Nashrning aniqlik kiritishicha, poyezdda 55 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, deb xabar beradi ria.ru.