Qozondagi BRIKS sammiti davomida 13 ta davlat birlashmaning hamkor davlatlari maqomini oldi. Ular qatorida O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston va Belarus bor.
Qozonda bo‘lib o‘tgan BRIKS sammiti yakunida 13 davlat birlashmaning hamkor davlatlari maqomini oldi. Bu haqda Rossiya OAV xabar qilmoqda.
Turkiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Jazoir, Belarus, Boliviya, Kuba, Indoneziya, Malayziya, Nigeriya, Tailand, Uganda va Vetnam BRIKSning hamkorlari bo‘ldi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat birlashmaning hamkor davlati maqomini olganini tasdiqladi, deb xabar bermoqda “BelTA”.
“Biz sherik bo‘ldik — bu ushbu klubga qo‘shilishdan oldingi majburiy bosqich”, — dedi Aleksandr Lukashenko. U “BRIKS plyus” sammiti yig‘ilishida Minsk davlat rahbarlari birlashmasiga to‘laqonli a’zo bo‘lishga tayyorligini ma’lum qildi.
Avvalroq Qozog‘iston prezidenti matbuot kotibi Berik Uali mamlakat BRIKSga a’zo bo‘lish uchun ariza bermasligi haqida ma’lum qilgandi.
Avgust oyida Ozarbayjon BRIKSga a’zo bo‘lish uchun rasman ariza topshirgandi. Ittifoq so‘nggi bor 2024-yil yanvarida kengaygan, o‘shanda unga beshta davlat, jumladan, BAA va Eron ham qo‘shilgan.
*BRIKS (inglizcha BRICS — Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JAR nomlarining bosh harflari) 2006-yil iyun oyida Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy iqtisodiyot vazirlari ishtirokida Sankt-Peterburg iqtisodiy forumi doirasida tashkil etilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!