Jamiyat

Prezident bir guruh ichki ishlar xodimlarini mukofotladi

Prezident bir guruh ichki ishlar xodimlarini mukofotladi

Prezidentning “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash toʻgʻrisida” farmoni bilan bir guruh soha vakillari taqdirlandi. Jumladan:

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan:

Almatov Zokirjon – Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining maslahatchisi.

 

“Mardlik” ordeni bilan:

Mardonkulov Nodirjon Kodirjonovich (marhum) – Fargʻona viloyati Dangʻara tumani ichki ishlar boʻlimi profilaktika katta inspektori.

 

“Doʻstlik” ordeni bilan:

Gorbatsevich Viktoriya Aleksandrovna – Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boʻlimi katta tergovchisi.

 

“Jasorat” medali bilan:

Murodov Jurabek Muxamadiyevich – Samarqand viloyati Oqdaryo tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari;

Suyarov Sherzod Raxmatullayevich – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oʻta muhim ishlar boʻyicha tezkor vakili.

 

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan:

Askarov Uktam Baxromovich – Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari – jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi;

Qodirov Sayidakbar Maxamatsodiqovich – Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi yoʻl-patrul xizmati inspektori;

Qoʻshbarmoqov Ulugʻbek Sangirqulovich – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markaziy tergov hibsxonasi xodimi;

Mirsadikov Dilmurod Mirxamdamovich – Toshkent shahar Uchtepa tumani boʻyicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi;

Muydinova Gulnora Toshpulatovna – Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ekspert-kriminalistika boʻlimi bosh eksperti;

Sayidov Nodirbek Bahodirovich – Toshkent viloyati Olmaliq shahar ichki ishlar boʻlimi boshligʻi;

Xojiyeva Marxabo Xikmatillayevna – Navoiy viloyati Navoiy shahar ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boʻlimi katta tergovchisi;

Xudayarov Nizomjon Rajabbayevich – Xorazm viloyati Xonqa tumani ichki ishlar boʻlimi profilaktika katta inspektori.

 

“Sogʻlom turmush” medali bilan:

Adilova Gulshod Pulatovna – Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tibbiyot boʻlimi bosh shifokori.

 

“Shuhrat” medali bilan:

Aliboyev Mamatali Hazratqulovich – Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi yoʻl-patrul xizmati inspektori;

Dustov Zafar Abirovich – Jizzax viloyati Arnasoy tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari;

Indiaminov Farrux Nuriddinovich – Samarqand viloyati Samarqand shahar boʻyicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 8-ichki ishlar boʻlimi boshligʻi;

Kazaxbayev Malik Perdebayevich – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati inspektori;

Kuchkarov Turgʻun Raximbayevich – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshligʻining oʻrinbosari – ichki ishlar organlari faoliyatini uslubiy taʼminlash markazi boshligʻi;

Qosimov Utkirbek Soibjonovich – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boʻlim boshligʻi;

Niyazov Feruz Jumanazarovich – Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani ichki ishlar boʻlimi 1-ichki ishlar boʻlinmasi boshligʻi;

Xidirov Yusufjon Ilxomjonovich – Namangan viloyati transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi boshligʻi.