Oʻzbekistonda tugʻilishlar soni oʻtgan yilga nisbatan qanchaga kamaydi?
Toʻqqiz oyda 693 mingdan ziyod chaqaloq tugʻilgan (2023-yilda bu raqam 716 mingni tashkil etgan). Doimiy aholi soni jami 37,4 mln kishini tashkil etdi.
2024-yilning 1-oktabr holatiga Oʻzbekiston doimiy aholisi 37,4 mln kishini tashkil etgan. Statistika agentligi maʼlumot berdi.
Shuningdek, tugʻilishlar soni biroz kamaygan. Respublikaning doimiy aholisi soni oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 foizga oshgan.
O’zbekiston aholisi 2024-yil boshidan buyon 555,6 ming kishiga koʻpaygan.
Oʻzbekiston aholisi 2024-yilning har bir oyida oʻrtacha 61,7 ming kishiga oshgan.
2024-yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʻrtacha 2 ming kishiga koʻpaymoqda.
Lekin umumiy tugʻilishlar soni 2023-yilga nisbatan kamaygan. 9 oy yakunlariga koʻra, mamlakatda tugʻilish 3,2 foizga qisqargan va 693 897 nafarni tashkil etgan. Oʻtgan yili shu davrda 716 885 tugʻilish qayd etilgandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!