Qirg‘izistonda banklarga somda amalga oshiriladigan onlayn o‘tkazmalar uchun fuqarolardan komissiya undirish taqiqlanadi. Milliy bank tegishli qarorni qabul qildi.
Ushbu chora-tadbirlar aholining barcha qatlamlari uchun bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlash va bank sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etish jarayonini tezlashtirishga yordam berishi kutilmoqda. Qaror 2024-yil 25-noyabrdan kuchga kiradi va 2025-yil 31-dekabrga qadar amal qiladi.
Qarorga ko‘ra, cheklov mobil ilovalar va internet-banking orqali amalga oshiriladigan operatsiyalarga taalluqlidir. Qarorning bajarilishini nazorat qilish Milliy bank boshqaruvi aʼzosiga yuklangan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!