Jahon

Rossiyada ishsizlik rekord darajada pastladi

Rossiyada ishsizlik rekord darajada pastladi

Rossiyada ishsizlik eng past darajada qolmoqda. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 28-oktyabr kuni iqtisodiy masalalar bo‘yicha yig‘ilishda ma’lum qildi.

“Rossiyada ishsizlik ketma-ket uchinchi oy rekord darajada past – 2,4 foiz. Eng muhimi, 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar orasida ishsizlik kamaymoqda, hozir bu to‘qqiz foizdan kam”, dedi Putin.

Uning ta’kidlashicha, sanoat, shu jumladan yuqori texnologiyalar jadal rivojlanmoqda. 2024-yilning sakkiz oyida sanoat o‘sishi 4,5 foizni tashkil etdi. Ishlab chiqarish sektori 8,1 foizni, mashinasozlik deyarli 20 foizni tashkil etgan.

Shu bilan birga, u iqtisodiyotda nomutanosiblik saqlanib qolayotganligini aytib o‘tdi. Unga ko‘ra, bu qiyin sharoitlar bilan bog‘liq.

“Bu tashqi sanksiyalar va bizning tarkibiy cheklovlarimiz, shu jumladan kadrlar va texnologiyalar tanqisligi, logistikaga ham oid. Ushbu omillar iste’mol narxlari dinamikasida ham aks etadi”, degan Rossiya rahbari.

Prezident, shuningdek, hokimiyatning vazifasi ta’minot iqtisodiyotini rivojlantirish, tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, yangi investitsiya loyihalarini boshlash va barcha sohalarda zamonaviy ish o‘rinlarini yaratishdan iborat ekanligini ta’kidlagan.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada yil yakunlari bo‘yicha YAIM 3,9 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda. Bu global o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqoriroq degani.