Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu noyabr oyi oxiriga rejalashtirilgan kenja o‘g‘li Avnerning to‘yini boshqa kunga ko‘chirishini ma’lum qildi. Bu xavfsizlik sohasidagi tahdidlar, jumladan, dronlar hujumi xavfi bilan bog‘liq, deb yozadi Isroilning Kan 11 telekanali.
Dastlab to‘y 26-noyabr kuni Tel-Aviv shimolidagi tantanali tadbirlarga mo‘ljallangan bog‘da o‘tkazilishi kerak edi. Endilikda Netanyaxu mehmonlarni asossiz xavf ostiga qo‘ymaslik uchun bazmni ko‘chirishni taklif qilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!