Jamiyat

Prezidenti yangi – 2025-yilni Navoiy viloyatda “Alisher Navoiy yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi

Prezidenti yangi – 2025-yilni Navoiy viloyatda “Alisher Navoiy yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Navoiy viloyatiPrezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan yigʻilish boʻlib o‘tmoqda.

Yangi – 2025-yilni viloyatda “Alisher Navoiy yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi.

Bu yil doirasida “Hazrat Navoiyni anglash – oʻzligimizni anglash” mavzusida Prezident sovgʻasi uchun respublika tanlovi tashkil etiladi. Har bir mahalla, maktab, oliygohlar va mehnat jamoalarida “Navoiyxonlik kechalari” oʻtkaziladi.

“Yashil makon” loyihasi doirasida viloyatning shahar va tumanlari, qishloqlarida Navoiy bobomizga atab yangi bogʻlar, soʻlim xiyobonlar, yashil hududlar tashkil etiladi.

Quriladigan Yangi Oʻzbekiston bogʻida Alisher Navoiyga bagʻishlab memorial muzey tashkil etiladi.