Polsha yirik Qalqon Sharq loyihasi doirasida Rossiya va Belarus bilan chegarada istehkomlar qurishni boshladi. Bu haqda kecha Polsha hukumati rahbari Donald Tusk X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
“Qalqon Sharq qurilishi boshlandi! Rossiya bilan chegara yaqinida birinchi ish olib borilmoqda”, deb yozdi va xandaq qaziyotgan ekskavatorlar suratini e’lon qildi.
2028-yilga kelib Polsha Rossiya va Belarus bilan chegarada Qalqon Sharq yirik loyihasi doirasida 700 kilometrli istehkomlar qurishni rejalashtirgan. Gap aniqlash va ogohlantirish tizimlari, ilg‘or bazalar, logistika markazlari va uchuvchisiz qurilmalarga qarshi tizimlar haqida bormoqda. Loyiha qiymati 10 milliard zlotiyni (taxminan 2,5 milliard dollar) tashkil etadi, deb xabar beradi korrespondent.net.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!