“Chegara bilmas muxbirlar” (RSF) tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilda 47 nafar jurnalist o‘z kasbi tufayli halok bo‘lgan.
Falastin hududlari jurnalistlar uchun eng xavfli hududga aylandi, u yerda yilning dastlabki o‘n oyida 14 ta o‘lim qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarni Pokiston (6 ta), Bangladesh (5 ta), Meksika (4), Sudan, Myanma va Iroq (3 tadan), Ukraina va Kolumbiya (2 tadan) egallagan.
Chad, Kongo Demokratik Respublikasi, Gonduras, Rossiya va Turkmanistonda bittadan jurnalist vafot etgan.
Shuningdek, 111 kishi bedarak yo‘qolgan, eng ko‘p yo‘qolganlar Meksika (31), Suriya (9), Rossiya (6), Eron (6) va Kosovo (5) da qayd etilgan.
Shuni ta’kidlash joizki, bu ro‘yxatga faqat jurnalistlarning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq tasdiqlangan o‘lim holatlari kiritilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!