Jamiyat

Toshkentda 7-noyabrdan isitish mavsumi boshlanadi

Toshkentda 7-noyabrdan isitish mavsumi boshlanadi

Toshkent shahrida isitish mavsumi 7-noyabrdan boshlanadi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi xabar qildi.

Hokimlik “ko‘plab murojaatlari va meteorologiya xizmati ma’lumotlariga muvofiq” Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan 5-noyabr soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.

Muvofiq ravishda, 7-noyabrdan boshlab issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich ta’minlash ishlari boshlanadi.

Hokimlik issiqlik ta’minoti yoqilishi jarayonida biror-bir muammo va nosozliklar aniqlansa yoki issiqlik yetkazib beruvchi tashkilot, XUJMSH va BSK rahbarlari yoki mutasaddilari tomonidan belgilangan ishlarni to‘laqonli amalga oshirilmayotganining guvohi bo‘linsa 1055 yoki 71 210−01−87, 71 210−01−41, 71 210−01−11, 71 210−01−63 raqamlariga yoki hokimlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga murojaat qilishni so‘radi.