Jamiyat, Jinoyat

Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Dehqonobod tumani hokimining o‘rinbosari tumandagi Qorashina shaharchasini obodonlashtirish doirasida qurilgan obyektni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasiga imzo qo‘yish evaziga tuman hokimligining maʼmuriy binosi yonida 5 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur obyektdagi kamchiliklarni solishtirma dalolatnoma rasmiylashtirish yo‘li bilan bartaraf etib berish evaziga 15 mln. so‘m olgan vaqtida Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi «Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi» davlat unitar korxonasi yetakchi mutaxassisi ham qo‘lga olingan.