Jahon

Turkiya BMTdan Isroilga qarshi qurol embargosi joriy etishni soʻradi

Turkiya BMTdan Isroilga qarshi qurol embargosi joriy etishni soʻradi

Turkiya BMTdan Isroilga qarshi qurol embargosi joriy etishni soʻradi

Soʻrovni 52 davlat imzolagan, deb yozmoqda turk matbuoti.

Maktubda aytilishicha, Isroil xalqaro huquqni bir necha bor buzgan va vaziyat keskinlashuvi natijasida tinch aholi – ayollar va bolalar ommaviy ravishda nobud boʻlmoqda.

Turkiya 1-noyabr kuni ushbu maktubni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishga topshirdi, deya xabar bermoqda Anadolu agentligi Turkiya TIVdagi manbalariga tayanib.