Bugun, 6-noyabr kuni Andijon viloyati “Doʻstlik” chegara bojxona posti orqali harakatlanuvchi yuk va yengil avtotransport vositalarining harakati vaqtincha toʻxtatildi.
Davlat bojxona xizmatining maʼlum qilishicha, Qirgʻiz Respublikasining “Dostuk” chegara bojxona postida axborot tizimlarida texnik taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan mazkur postga tutash Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Doʻstlik” chegara bojxona posti orqali yuk va yengil avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik toʻxtatildi.
Yengil avtotransport vositalari Andijondagi “Xonobod” chegara bojxona posti orqali, yuk avtotransport vositalari esa Namangandagi “Uchqoʻrgʻon” chegara bojxona posti orqali harakatlanadi.
Shuningdek, Fargʻona viloyati “Oʻzbekiston” chegara bojxona postida ham yuk va yengil avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik toʻxtatildi.
Bu haqda Fargʻona viloyati hokimligi xabar berdi.
Qirgʻiz Respublikasining “Kыzыl-Kiya“ chegara bojxona postida axborot tizimlarida texnik taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan mazkur postga tutash Quvasoy shahrida joylashgan Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasining “Oʻzbekiston” chegara bojxona posti vaqtincha yopildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!