Kecha, 6-noyabr kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar davlat rahbarlarining 11-sammitida tuzilmaning yangi bayrog‘i tasdiqlandi.
“Ushbu bayroq TDT missiyasida markaziy o‘rin tutgan turkiy o‘zlik, birlik, umumiy meros va keng qamrovli hamkorlikning asosiy ramzlarini o‘zida mujassam etgan”, deyiladi tashkilot bayonotida.
Bayroqni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov tasdiqladi.
Sakkiz qirrali yulduz Saljuqiylar va Usmoniylar mamlakatining asosiy ramzlaridan biri bo‘lib, tangalar, bezaklar va meʼmorchilikda keng qo‘llanilgan. Uning islom dini bilan ham bevosita aloqasi mavjud.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!