Jinoyat

Shayxontohur MIB mansabdorlari 202,9 mlrd. so’mlik ijro ishlarini bosti-bosti qilgani aniqlandi

Shayxontohur MIB mansabdorlari 202,9 mlrd. so’mlik ijro ishlarini bosti-bosti qilgani aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 200 ta ijro ishida qonunbuzarlikga yo‘l qo‘yilganini aniqladi.

Xususan, byuro ish yurituvida bo‘lgan “S.B” MCHJdan 19 mlrd so‘mlik, “P.P” MCHJdan 179,2 mln so‘m soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro ishlari noqonuniy yo’l bilan tugatilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.