Jamiyat

Toshkent metrosining gavjum bekatlarida hojatxona tashkil qilinadi

Toshkent metrosining gavjum bekatlarida hojatxona tashkil qilinadi
“Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bundan bir muddat oldin poytaxt metropolitenining “Chilonzor” bekatida sinov tariqasida ona va bola xonasi hamda hojatxona ishga tushirilgan edi. Yo‘lovchilar tomonidan ushbu qulaylik iliq kutib olingani va sinov jarayonlari o‘zini oqladi.

Qayd etilishicha, 2022-yilga qadar Toshkent metropolitenida ham hojatxona, ona va bola xonalari qurilmagan. Yo‘lovchilar esa eng uzoq manzilga o‘rta hisobda 40−50 daqiqa atrofida yetib borishadi. O‘tgan 2022-yilda «Chilonzor» metro bekatida tajriba tariqasida hojatxona qurildi.

Boshqa bekatlarga nisbatan yo‘lovchilar bilan gavjum bo‘lgan yana 9 ta metro bekatida ona va bola xonasi hamda hojatxona qurilishi uchun zarur ishlar amalga oshirilishi boshlanmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, yer osti bekatlarida kishi sog‘lig‘iga ta’sir ko‘rsatuvchi bosim borligini inobatga olgan holda barcha bekat navbatchilari birinchi yordam ko‘rsatish ma’lumotiga ega hamda barcha bekatlarda birinchi yordam ko‘rsatish uchun dori vositalari bilan ham  ta’minlangan.