Iqtisod, Jahon

BAA o’zbekistonlik migrantlarini qonuniy ishga joylash bo’yicha muzokara o’tkazdi

BAA o’zbekistonlik migrantlarini qonuniy ishga joylash bo’yicha muzokara o’tkazdi

O’zbekiston diplomatik vakolatxonasi rahbariyati Birlashgan Arab Amirliklari «ADNH» rekruting kompaniyasining xodimlar bo’yicha bosh direktori Vishal Subba bilan muzokara o’tkazdi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.

Uchrashuvda avvalida BAA vakili O’zbekistonda migratsiya sohasini tartibga solish, mamlakat fuqarolarini qonuniy tarzda xorijiy davlatlarga ishga joylashtirish, chet el kompaniyalari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish yo’nalishidagi ishlar bilan tanishtirildi.

Vishal Subba «ADNH» kompaniyasi O’zbekiston tomoni bilan birgalikda ishlashga qiziqish bildirayotganini va yurtimiz mehnat bozori salohiyatidan xabardorligini bildirdi.

Bo’lib o’tgan muzokaralar yakunida «ADNH» rekruting kompaniyasi delegatsiyasining O’zbekistonga safarini tashkil etish, uning doirasida mamlakatimizning tegishli tashkiloti bilan mehnat migrantlarini ishga joylashtirish bo’yicha hamkorlik memorandumini kelishish va Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlaridagi monomarkazlar faoliyatini o’rganish to’g’risida kelishuvga erishildi.