Jamiyat

O‘qish maqsadida chet elga ketgan o’zbekistonliklar soni e’lon qilindi

O‘qish maqsadida chet elga ketgan o’zbekistonliklar soni e’lon qilindi

O‘qish maqsadida chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari necha nafarni tashkil etgan?

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida jami 30,4 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga borgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 952 nafarga yoki 3,2 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida o‘qish maqsadida chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

Tojikiston — 11 409 nafar

Rossiya — 7 301 nafar

Qirg‘iz Respublikasi — 2 845 nafar

Turkiya — 2 195 nafar

Janubiy Koreya — 1 839 nafar

Qozog‘iston — 1 372 nafar

Buyuk Britaniya — 693 nafar

Xitoy — 672 nafar

AQSH — 486 nafar

BAA — 295 nafar

Boshqa davlatlar — 1 292 nafar.