O‘zbekistonning Birinchi xonimi, «Zamin» xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Bokuda o‘tayotgan Global iqlim sammitidagi ishtiroki davomida ekofaollar bilan birgalikda COP29da tashkil etilgan O‘zbekiston milliy paviloni bilan tanishdi.
Mamlakatimiz pavilonining «Ichki barqarorlik» mavzusidagi konsepsiyasi o‘zbek xonadonining qalbi va oilaviy uyg‘unlik ramzi bo‘lgan an’anaviy hovliga asoslangan.
Pavilon mamlakatimiz iqlimiga mos, vaqt sinovidan o‘tgan barqaror, an’anaviy materiallar va qadimiy usullardan foydalanilgan holda bunyod etilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!