Saudiya Arabiston Qirolligining “Flyadeal” aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi. Bu haqda Ozbekiston Transport vazirligi xabar berdi.
Oʻzbekiston Respublikasi va Saudiya Arabiston Qirolligioʻrtasida havo qatnovi toʻgʻrisidagi hukumatlararo Bitimga asosan 2024-yil 14-noyabrda “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan “Flyadeal” aviakompaniyasiga Oʻzbekiston Respublikasiga Jidda – Toshkent – Jidda, Madina – Toshkent – Madina va Jidda – Namangan – Jidda yoʻnalishlarida muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish ruxsatnomasi rasmiylashtirib berildi.
Parvozlar A320 havo kemasida amalga oshiriladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!