Urganch shahrida aholiga sifatli jamoat transporti xizmati ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, harakat tarkibini yangilash, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida “Bunyod yo‘lovchi tashish” MCHJ tomonidan XXRda ishlab chiqarilgan zamonaviy 30 dona «Zong tong» rusumli avtobuslar keltirildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Korxona tomonidan «O‘zmilliybank» AJning imtiyozli kreditlari asosida jami 80 dona «Zong tong» rusumli avtobuslarni xarid qilish yuzasidan shartnoma tuzilgan.
Hozirda loyihaning birinchi bosqichi doirasida 50 dona avtobus xarid qilindi. Tez orada qolgan 20 dona avtobus Urganch shahriga yetib keladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!