Kansler Ukrainadagi mojaroga chek qo‘yish kerakligini aytib, Rossiyani Kiyev bilan muzokara olib borishga chaqirdi va Germaniya Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishini bildirdi. Bundan oldin Shols Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilgan edi, deb xabar qilmoqda Germaniya Hukumati.
Putin, hozirgi Ukraina inqirozi NATOning ko‘p yillik agressiv siyosati, Rossiya xavfsizlik talablarini mensimaslik, alyansning Ukraina hududida Rossiyaga qarshi plasdarm yaratish istagi va Ukrainada rusiyzabon aholi huquqlarini oyoq osti qilishning oqibati ekanini eslatib qo‘ydi.
«Rossiya hech qachon tinchlik muzokaralaridan voz kechmagan. Muzokaralar Kiyev tomonidan to‘xtatilgan. Rossiya ularni qayta boshlashga tayyor.
Buning uchun bizning talablar allaqachon maʼlum: Rossiyaning xavfsizlik bo‘yicha talablarini hisobga olish, yangi hududiy voqelikka asoslanish va mojaroning asl sabablarini bartaraf etish», – deb javob berdi Rossiya prezidenti.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!