Namangan viloyatining Kosonsoy shahrida yashovchi, 1998-y.t. U.S. Samarqand viloyatida istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, oʻzining mansabdor tanishlari orqali ularni Buyuk Britaniya davlatiga ishlash uchun yuborish va buning uchun zarur boʻladigan hujjatlarni rasmiylashtirish hamda viza olishda yordam berishini aytib, evaziga 12 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borimoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!