So‘nggi kunlarda Turkiyadagi Stand Up‘larning birida qiziqchi ayol tomonidan o‘zbek ayollari shaʼniga aytilgan nomaqbul gaplar ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Unda turkiyalik ayol o‘z chiqishida agar ulama kiprik qo‘ysam o‘zbek fohisha ayollariga o‘xshab qolaman deya kulgiga olgan.
Holatga Istanbul bosh konsulxonasi rasmiy bayonot berdi.
Har bir davlat o‘z xalqi shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega ekanidan foydalanib, Turkiya Respublikasi vakolatli idoralari bilan Ummuxan O‘zdenning ushbu xatti-harakatiga huquqiy baho berish yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirilayotgani maʼlum qilindi.
«Taʼkidlash joiz, U.O‘zden tomonidan bildirilgan salbiy fikrlar uning shaxsiy qarashlaridir, bu qardosh turk xalqining millatimizga nisbatan munosabatini anglatmaydi.
Shu sabab ushbu holat ikki birodar xalqlar o‘rtasidagi oliy darajadagi do‘stlik va mustahkam hamkorlik aloqalariga taʼsir o‘tkazmasligiga ishonamiz», deyiladi munosabatda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!