Jahon

Iqlimni muhofaza qilish uchun yiliga 1,3 trln dollar ajratiladi

Iqlimni muhofaza qilish uchun yiliga 1,3 trln dollar ajratiladi

Ozarbayjonda COP-29 konferensiyasi o‘z ishini yakunladi. 

24-noyabr kuni BMT iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi 29 sessiyasi ishtirokchilari rivojlanayotgan mamlakatlarga iqlimni muhofaza qilish uchun yordamini oshirishga kelishib oldi.

Unga ko‘ra, 2035-yilga borib, sanoati rivojlangan mamlakatlar tomonidan har yili ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar miqdori kamida 300 milliard dollarga ko‘tarilishi kerak. Davlat va xususiy moliyalashtirishni umumiy hisobga olgan holda, rivojlanayotgan mamlakatlar bu vaqtga qadar yiliga 1,3 trln dollar olishlari kerak bo‘ladi.

Pul rivojlanayotgan mamlakatlarga iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash choralarini moliyalashtirish, tez-tez sodir bo‘ladigan qurg‘oqchilik, bo‘ron va toshqinlar kabi global iqlim isishi oqibatlariga moslashish imkonini berishi kerak.

Bokudagi COP29 iqlim konferensiyasi yakuniy kelishuv loyihasi bo‘yicha kelishmovchiliklar tufayli uzaytirildi. COP29 konferensiyasining bir qator ishtirokchilari moliyaviy yordamni oshirish taklifini yetarli emas deb hisobladi.