Isroil “Hizbulloh” bilan dastlabki tarzda Livanda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni maʼqulladi.
Ynet nashri maʼlumotni Isroil, AQSH va Livandagi manbalari tasdiqlaganini maʼlum qildi. Endi hujjat Isroil hukumati tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Kelishuv bir necha kun ichida eʼlon qilinishi mumkin, deya qo‘shimcha qiladi Kan telekanali.
Axios jurnalisti Barak Ravidning xabar berishicha, Baydenning Yaqin Sharqdagi maxsus vakili Amos Xoxshteyn Isroilga Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmasa, vositachilikni to‘xtatish bilan tahdid qilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!