Jahon

Turkiyada yashayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Turkiyada yashayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Turkiyada istiqomat qiluvchi o‘zbekistonliklar mamlakatda soxta 50 dollarlik kupyuralar, ba’zan esa 100 dollarlik kupyuralar tarqalayotganidan ogohlantirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, o‘zbekistonliklar dollarni faqat rasmiy banklar yoki litsenziyali valyuta ayirboshlash nuqtalarida qabul qilish,
tekshiruv uskunalaridan foydalanish, ayniqsa, katta miqdordagi dollarni qabul qilishda qo‘lma-qo‘l pul ayirboshlashda ogohlikka chaqirildi.

“Soxta kupyuralarni qabul qilish yoki tarqatish qasddan amalga oshirilsa, Turkiya qonunchiligida og‘ir jazo belgilangan. Agar shubhali kupyuralarga duch kelsangiz, zudlik bilan mahalliy politsiya yoki konsulxonaga murojaat qiling. Soxta pul tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatlarda ehtiyot bo‘ling va shubhali vaziyatlarda doimo tekshiruvga murojaat qiling”, deyiladi xabarda.