Isroil va “Hizbulloh” Livan-Isroil chegarasidagi harbiy harakatlarni to‘xtatishga kelishib oldi.
Kelishuvlarga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish tartibi 27-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 4:00 da kuchga kirdi. Bundan tashqari, Isroil 60 kun ichida Livan hududlaridan o‘z qo‘shinlarini bosqichma-bosqich olib chiqishi kerak bo‘ladi.
Isroil bosh vaziri Netanyahu agar “Hizbulloh” kelishuvning biror qismini buzsa, Isroil zarba berishda ikkilanmasligini aytdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!