“Tolibon” Rossiyaning taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarilgach, rossiyaliklarning harakat safiga qo‘shilishlari mumkin bo‘ladi. Buning uchun rossiyaliklar jazolanmaydi, dedi tashabbus hammuallifi Ernest Valeyev “Gazeta.Ru”ga.
“Mavjud huquq tizimida fuqarolarning xorijiy davlatlar tashkilotlarida ishtirok etishi rag‘batlantirilmaydi. Agar tashkilot Rossiya hududida nomaqbul deb topilmasa, unga qo‘shilish hech qanday huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi”, — dedi Valeyev.
Davlat Dumasiga RFda taqiqlangan tashkilot “terrorizmni targ‘ib qilish, oqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan faoliyatini yoki jinoyat sodir etishni to‘xtatgan bo‘lsa”, faoliyatini taqiqlashni to‘xtatuvchi qonun loyihasi kiritildi.
Loyihada taʼkidlanganidek, taqiq Rossiya bosh prokurori yoki o‘rinbosarining arizasiga asosan sud qarori bilan bekor qilinadi. Biroq agar tashkilot terrorchilik faoliyatini qayta boshlasa, taqiqlangan maqom qaytarilishi mumkin. Qonun loyihasining qabul qilinishi afg‘on toliblarini terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatidan chiqarish imkonini berishi mumkin.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!