Toshkent shahar IIBB YHXB Yangihayot tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, 26-noyabr kuni soat 20:30 larda Yangihayot tumani 4R21 ko‘chasi 40 yoshli Q.A. boshqaruvidagiyuk transport vositasi va 37 yoshli I.Q boshqaruvidagi Isuzu rusumli transport vositasi to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida Isuzu yuk transport vositasining haydovchisi voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
«Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini tezlikni belgilangan me’yorlardan oshirmasliklarini so‘raymiz», — deyiladi xabarda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!