Jahon

Migrantlarga qiyinchilik tug’diradigan qonun loyihasi bekor qilindi 

Migrantlarga qiyinchilik tug’diradigan qonun loyihasi bekor qilindi 

Rossiya Federatsiyasi hukumati, migrantlarning oila a’zolarini mamlakatga olib kelishiga taqiq qo‘yishni ko‘zda tutgan qonun loyihasini bekor qildi.

Davlat Dumasining plenar yig‘ilishida “ЛДПР” fraksiyasi rahbari Leonid Slutskiy tomonidan e’lon qilingan ushbu yangilik, Rossiya hukumati tomonidan qonun loyihasining qo‘llanilmasligini bildiradi.

Migrantlarning oila a’zolarini mamlakatga olib kelish imkoniyatini cheklashni maqsad qilgan qonun loyihasi, Rossiyada patent yoki mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan, ammo Rossiyada yashash uchun boshqa rasmiy asoslarga ega bo‘lmagan xorijlik ishchilar uchun qaratilgan edi.

Bu o‘zgartirish, o‘sha migrantlar oilasini mamlakatga olib kelishga ruxsat bermaslikni ko‘zda tutgan.

Rossiya hukumati qonun loyihasini qaytarib yuborishining asosiy sababi taklif etilgan o‘zgartirishlar qonuniy noaniqliklarni yuzaga keltirishi mumkinligini va amaldagi xalqaro shartnomalar va federal qonunlarga zid kelishini ko‘rsatdi.

Hukumatchilar, qonun loyihasini yanada to‘g‘ri ishlashini ta’minlash uchun uni Rossiya Federatsiyasiga kirish va chiqish tartibi haqidagi avvalgi qonunlarga muvofiqlashtirish kerakligini ta’kidlashdi.

Leonid Slutskiy, hukumat va bir qator federal idoralar bilan hamkorlikda qonun loyihasining qayta ishlanayotgani va uni Rossiya Federatsiyasining mavjud qonunlari bilan muvofiqlashtirish jarayoni olib borilayotganini ma’lum qildi.

Ya’ni, qonun loyihasi, ayni vaqtda, joriy xalqaro shartnomalar va federal qonunlar bilan hamohang bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.