Jahon

Rossiya Ukrainada yadroviy qurol paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi – Putin

Rossiya Ukrainada yadroviy qurol paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi – Putin

Bu haqda Rossiya prezidenti Ostonadagi matbuot anjumanidagi bayonotida aytib o‘tdi.

Qayd etilishicha, agar u yerda yadroviy qurol paydo bo‘lsa, RF Qurolli Kuchlari o‘z arsenalida mavjud bo‘lgan barcha qurollardan foydalanadi.

Ukrainada yadroviy qurolning joylashtirilishi ommaviy qurollarni tarqatmaslik bo‘yicha majburiyatlarning buzilishi bo‘ladi.

Shuningdek, Rossiya “Oreshnik” bilan Kiyevdagi qaror qabul qilish markazlariga zarba berishi mumkin.

Sobiq SSSR mamlakatlari bilan ko‘plab aloqalarga qaramay, Rossiya ularning ichki ishlariga aralashmaydi, shu jumladan Gruziyada ham.

«Gruziya rasmiylarining so‘nggi qonun loyihalari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini jasorat bilan himoya qilgani, bizni hayratda qoldirdi», dedi Rossiya prezidenti.

«Rossiya barcha NATO mamlakatlaridan ko‘ra ko‘proq raketa ishlab chiqaradi.

Bizda yangi qurollar paydo bo‘lsa ham, Ukraina mojarosini hal qilishga yondashuvimiz o‘zgarmaydi: biz avval eʼlon qilingan shartlarda muzokaralarga tayyormiz.

Ukrainaning neytral, bloklardan tashqari va yadroviy qurolsiz maqomi, uning demilitarizatsiya, denatsifikatsiya qilinishi, UQK qo‘shinlarini DXR, LXR, Xerson va Zaporojye viloyatlari hududidan olib chiqilishi va Rossiyadan sanksiyalarning to‘liq olib tashlanish shartlari bilan muzokaraga tayyormiz», deydi Putin bayonotda.