Jahon

Gruziyada namoyishlar tonggacha davom etdi

Gruziyada namoyishlar tonggacha davom etdi

Namoyishchilar maxsus kuchlarning ko‘ziga lazer tutib, paqildoqlar uloqtirdi. Rustaveli ko‘chasida hokimiyatdagi «Gruzin orzusi» partiyasi ofisiga ham hujum qilindi: oynalar sindirilib, bino toshbo‘ron qilindi.

Bunga javoban politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlardan foydalandi.

Shu bilan birga, Gruziya prezidenti politsiyani fuqarolarga nisbatan kuch ishlatmaslikka chaqirdi. Ertalab soat oltiga kelib, Rustaveli ko‘chasida deyarli namoyishchi qolmadi.