Jahon

Bayden antisemitizmda ayblangan kitobni sotib oldi

Bayden antisemitizmda ayblangan kitobni sotib oldi

Bayden antisemitizmda ayblangan kitobni sotib oldi.

Jo Bayden sayr paytida kitob do‘koniga kirib, falastinlik tarixchi Rashid Xolidiyning «Falastin uchun yuz yillik urush» kitobini xarid qildi.

Kitobda Falastinning zamonaviy tarixi mahalliy aholini o‘z yurtidan majburiy ravishda voz kechishga urinishgan bosqinchilarga qarshi kurash sifatida qaralishi lozimligi ta’kidlangan.

Rashid Xolidiy Bayden ma’muriyatini Isroilni qo‘llab-quvvatlashda tanqid qilib kelgan. U prezidentning xaridiga «to‘rt yil kech qoldi», deb izoh berdi.