Jamiyat

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda

“O‘zenergoinspeksiya” va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida oʻtkazilayotgan nazorat tadbirlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.

Xususan, Andijon viloyati Asaka va Qo‘rg‘ontepa tumanlarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarda “A.X.” MCHJ va “S.B.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 160,9 mln so‘mlik elektr energiyadan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi holat Qo‘ng‘irot tumanida joylashgan “J-J” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulanib, jami 100,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.