Ma’lumot uchun, BRIKS 2006-yilda Rossiya, Xitoy, Hindiston va Braziliya tomonidan tashkil etilgan davlatlararo ittifoq hisoblanadi. 2011-yilda unga Janubiy Afrika Respublikasi ham qo‘shilgan. 2024-yil boshidan boshlab Misr, Efiopiya, Eron, BAA va Saudiya Arabistoni ham BRIKSga qo‘shildi.
“Biz bu davlatlardan BRIKSning yangi valyutasini yaratmaslik va qudratli AQSH dollari o‘rnini almashtiradigan boshqa valyutalarni qo‘llamaslikni talab qilamiz.
Aks holda, ular 100 foizli boj tariflariga tortiladi va AQSHning rivojlangan iqtisodiyotiga eksport qilish imkoniyati bilan xayrlashadi. BRIKS xalqaro savdoda AQSH dollarini almashtirishi uchun hech qanday imkoniyat yo‘q. Bu yo‘lda harakat qilayotgan har qanday davlat AQSH bilan xayrlashishga tayyor bo‘lishi kerak”, dedi Tramp.