Jahon

Iroq Suriya bilan chegarada xavfsizlikni kuchaytirmoqda

Iroq Suriya bilan chegarada xavfsizlikni kuchaytirmoqda

Iroq-Suriya chegarasida, ayniqsa Suriya shimoli-sharqidagi hududlarda xavfsizlik darajasi to‘liq taʼminlangan. Bu haqda Iroq qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni matbuot kotibi Yahyo Rasul Suriyadagi voqealar fonida maʼlum qildi.

Uning taʼkidlashicha, chegara qo‘shinlari bo‘linmalari eng so‘nggi rusumdagi qurol-yarog‘ va texnika, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari va fotokameralar bilan jihozlangan.

“Iroq chegarasini kesib o‘tishga uringan har qanday shaxs yoki terrorchi kuchli javobga duch keladi. Razvedka har qanday terroristik harakatni kuzatishda davom etadi”, – dedi Yahyo Rasul.