Samarqandda ikki kishi $22 ming evaziga AQSHga yuborishni va’da qilib, $15,4 ming olgan paytida qo‘lga tushdi
Shuningdek, xorijga ishga joylashtirishni va’da qilgan bir qator firibgarlar, jumladan, Toshkent shahrida bir fuqaro Litvaga ishga jo‘natish bahonasida $1,5 ming olgan paytida, Navoiyda Janubiy Koreyaga 6 oylik ishga yuborish uchun $2 ming olgan shaxs qo‘lga olindi.
Undan tashqari, Bekobodda Turkiyaga viza va deport masalasini hal qilish uchun $1 000 olgan shaxs ushlandi.
Barcha holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi, deb ma’lum qildi Bosh prokuratura departamenti.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!